Ushbu maqolada so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, o‘zgarishlar va yaratilgan imkoniyatlar hamda ularning natijasida Jizzax viloyatida erishilgan ko‘rsatkichlar yoritib berilgan.
Ushbu maqolada sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillaridagi ijtimoiy iqtisodiy hayoti haqida so‘z boradi. Bunda siz mustaqillik yillarida aholining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida olib borilgan siyosat, ularga yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar bilan tanishishingiz mumkin.
Ushbu maqolada yangi O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida ayollarning tutgan o‘rni hamda uni ta’lim sohasida tatbiq qilish, ayollarning iqtisodiy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi yoritib o‘tilgan. Jahon iqtisodiyotida va O‘zbekistonda iqtisodiyotga ayollarning keltirayotgan foydasi haqida so‘z boradi. Ayollarning ish bilan ta’minlanishi, ularning daromadlari qanday sarf qilinishi, ayollar ishsizligining ta’lim sohasida tutgan o‘rni to‘g ‘risida fikr yuritiladi.
Ushbu maqolada Jizzax viloyatining investitsion jozibadorligini oshirish, xorijiy investorlarni jalb qilish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida so‘z boradi.
Dorivor o’simliklar tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Dorivor o’simliklardan qadim zamonlardan buyon foydalanib kelingan. Hozirgi davrga kelib juda ko’plab kimyoviy dori vositalari ishlab chiqilgan. Lekin ular o'z navbatida ayrim kasalliklarni davolash bilan bir qatorda salbiy ta'siri ham kuzatilmoqda. Bu esa yana dirivor o'sumliklarga bo'lgan talabni oshirmoqda. Kimyoviy usullar bilan sintez qilib bo'lmaydigan biologik faol moddalar faqat o'simliklar tarkibida uchrashi olimlarni dorivor o'simliklarga bo'lgan qiziqishini orttirdi. Hozirgi zamonda dorivor o'simliklar ilmini rivojlantirish muhim vazifalardan biri. Dorivor o'simliklar bo'yicha olib borilayaotgan ilmiy tadqiqot ishlari eng kerakli va samarali dori vositalarini yaratishdan iborat. Ko'pchilik zamondoshlarimiz fikricha asal -o'tmishning tugallangan mavzusi. Sintetik kimyoda yuz minglab tabiatda hali mavjud bo'lmagan organik birikmalar, turli xil dorilar yaratilishi kimyoviy sintezning naqadar qudratliligini ko'rsatib berdi. Ammo o'tgan asrlar insoniyatning eski do'sti - asal ham bu dorilardan qolishmasligi olimlar tomonidan isbotlandi. Asal asrlar davomida insoniyat tomonidan shifobaxsh vosita sifatida ishlatilgan. Uning bu xususiyati uning tarkibidagi aminokislotalar,fermentlar,vitaminlar, turli xil mikroelementlar va organizmda suyak to'qimasining asosiy komponenti bo'lgan kalsiy samarali o'zlashtirilishida yordam berishi bilan bog'liq.